Yetakchi mahalliy va xorijiy kompaniyalarning bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga tashrif buyuring!
Sizni Huawei, Click, Uzinfocom, Uzcard, TBC bank, IT-park, Lactalis, Akfa, Deloitte, Sarkor Telecom, Cyberpark, Unicon, Fido-biznes va boshqa yetakchi kompaniyalarda ishga joylashish uchun keng imkoniyatlar kutmoqda.
Sana: 7-aprel
Vaqt: 14:00-16:30
Manzil: Toshkent shahridagi Inha universiteti, B binosi zali
Sizda ish beruvchilar bilan shaxsan uchrashish, ularga savollar berish va o‘z rezyumeingizni yuborish imkoniyati bo‘ladi
Yarmarka barcha ta’lim muassasalari talabalari uchun ochiq
Sizni nafaqat eng yaxshi ish takliflar, balki biz va hamkorlarimiz tomonidan qo’yilgan sovrinli o‘yinlar ham kutmoqda!
Kompaniyalar uchun ro’yxatdan o’tish @inhacareer orqali
