Bitiruvchimiz Rahima Nugmanova o‘zining INTERNATIONAL CODING ACADEMY (INCODA) loyihasi bilan “IT Park Kazan Global Startup Accelerator 2025” da g‘olibi bo‘ldi.

Kazan Digital Week’da Rahima investorlar va soha yetakchilari oldida g‘oyani taqdim etdi, Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish vaziri Maqsud Shadayev bilan uchrashdi, Tatariston raqamlashtirish vaziri Ayrat Xayrullin va Tatariston Fanlar akademiyasi prezidenti Rifkat Minnixanovdan Excellence mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Biz raqamli kelajakka yo‘l ochayotgan va IT-mutaxassislarining yosh avlodini ilhomlantirayotgan Inha universiteti bitiruvchilari bilan faxrlanamiz!