Bobur Abdullayev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan. Rektor etib tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va UZINFOCOM markazida mas’ul lavozimlarda ishlagan. Bundan tashqari, u Toshkentda Amiti universiteti filialini tashkil etish tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan va uning faoliyatini muvaffaqiyatli boshqargan.
Bobur Abdullayevning Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori etib tayinlanishi uning yuqori professionalligi hamda O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar va ta’lim sohasini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasini tasdiqlaydi.
