Bu yoz yangi yutuqlarga boy bo’lishi kutilmoqda

Bugun, 4-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti Coca-Cola O’zbekiston, Yoshlar ishlari agentligi va Go Wasteless loyihasi tomonidan tashkillashtirilgan plastik yig’ish bo’yicha universitetlararo #PET2NATUREUZ eko-chellenjida talabalarining faol ishtiroki uchun taqdirlandi 🥳🎉
👏 Shu fursatdan foydalanib, universitetimiz nomini ko‘tarishga, uni yanada ommalashtirishga chin dildan harakat qilib kelayotgan talabalarimizga minnatdorchilik bildiramiz va ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Bu shunchaki boshlanishi. Bizni yanada qiziqarli va muvaffaqiyatlarga boy bo’lgan yoz kutmoqda!