Bugun Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug‘ilgan. Bu yil ulug‘ bobomiz tavalludining 585-yilligi keng nishonlanmoqda.

Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, buyuk asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan madaniyat va adabiyotga beqiyos hissa qo‘shgan.