Taqdimot davomida rektor Muzaffar Djalalov IT sohasiga oid fundamental tushunchalar haqida gapirdi. Ma’ruza talabalarga axborot texnologiyalari sohasi qanday imkoniyatlarni taqdim etishini va hayotimizning turli jabhalariga qanday ta’sir qilishini yaxshiroq tushunish imkonini berdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘z talabalariga axborot texnologiyalari sohasida muvaffaqiyatli martaba tayyorlaydigan ta’limni taqdim etishga intiladi.
Ta’kidlash joizki, universitetimizning turli kurs va yo‘nalishlari talabalari uchun har hafta Toshkent shahridagi Inha universiteti rektorining ma’ruzalari bo‘lib o‘tadi.
