Davlatimizda o‘tkazilayotgan yoshlar haftaligi doirasida Samarqand shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Global ta’lim forumi” bo’lib o’tdi.
Mazkur forumda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov «Sun’iy intellektning ta’lim tizimidagi o‘rni: neyron tarmoqlarning ta’lim sohasiga ta’siri» mavzusida ma’ruza qildi. M.Djalalov Toshkent shahridagi Inha universitetida yaratilgan imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan ishlar, sun’iy intellektni rivojlantirish istiqbollari va ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi haqida gapirdi.
Ushbu forum, dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan 400 nafardan ortiq vakillarini, shu jumladan 250 nafar yosh talabalar va tadqiqotchi olimlarni, yetakchi jahon ekspertlari, akademik liderlar va turli davlatlar vakillarini birlashtirmoqda.