2022-yil 26-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov Kiberxavfsizlik sohasida qo‘shma ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirilgani munosabati bilan «Check Point Certified Security Administrator» hududiy menejeri Viktor Spesivtsevga tashakkurnoma topshirdi 👏
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahridagi Inha universitetining kiberxavfsizlik boʻyicha oʻquv markazida talabalarga kiberxavfsizlik boʻyicha boshlangʻich koʻnikmalarni egallash imkonini beruvchi CCSA (Check Point Certified Security Administrator) sertifikati boʻyicha bir oylik kurs oʻtkazilmoqda.
