Chimyon tog‘lariga sayohat: Inha universiteti talabalari uchun dam olish va yangi taassurotlar

21 Dekabr kuni, Toshkentdagi Inha universiteti talabalari uchun final imtihonlari yakunlanganidan so‘ng, go‘zal Chimyon tog‘lariga sayohat tashkil etildi. Ushbu tadbir talabalarga hordiq chiqarish, tabiatdan bahramand bo‘lish va yoqimli muhitda vaqt o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Qorli cho‘qqilar, toza havo va qishki sehrli muhit ushbu sayohatni chinakamiga unutilmas qildi.Talabalar chang‘i minishdan zavq olishdi, kanat yo‘li orqali tog‘ manzaralarini tomosha qilib, do‘stlar bilan iliq va samimiy muhitda vaqt o‘tkazishdi.
Sayohat nafaqat yorqin taassurotlar ulab, balki talabalar o‘rtasidagi jamoaviy ruhni mustahkamlab, do‘stlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratdi.