22—29-iyun kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetining ikki nafar talabasi Nodira Otabekova va Rustam Mustafoyevlar Huawei kompaniyasi tomonidan #SeedsForTheFuture 2023 dasturining bitiruvchilari uchun tashkil etilgan China Digital Exploration Tour o‘quv safarida ishtirok etdilar.
Bir hafta davomida 28 mamlakatdan 104 nafar talaba Shenchjen va Shanxay shaharlariga tashrif buyurishdi, #MWC Shanghai ko‘rgazmasida ilg‘or texnologiyalar bilan tanishdi, davlat xizmatlari va tarmoqlarini raqamli o‘zgartirish bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rgandi, shuningdek, diqqatga sazovor joylar va madaniy joylarga tashrif buyurdi.
28-iyun kuni Huawei flagman do‘konida China Digital Exploration Tourning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.