30-aprel kuni “O‘ztelekom” anjumanlar zalida Axborot texnologiyalari vazirligi vakillari, HP Inc kompaniyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha direktori janob Pelle Aardewerk, TBC banki, Xalq banki, Cyber Park, Uztelecom va Uzinfocom vakillari ishtirokida “Cybersecurity Resilience” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bank va boshqa sohalar rahbarlari va IT-direktorlari, shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti va boshqa IT universitetlari talabalari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida “Cybersecurity Resilience” mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori “Cybersecurity Resilience of the Public and Private Sectors in Uzbekistan” mavzusidagi panel sessiyasida moderator sifatida ishtirok etdi.
Ishtirokchilar xalqaro tajriba va kiberxavfsizlik sohasida eng so‘nggi jahon amaliyoti bilan almashish imkoniga ega bo‘ldilar.