“Davlat boshqaruvida sun’iy intellektning istiqbollari: Koreya tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Akademiya va Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti hamkorligida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Akademiya rahbariyati va vakillari, vazirlik va idoralar xodimlari, Koreya tomoni vakillari ishtirok etdi.

Anjuman davomida ishtirokchilar dolzarb mavzu bo‘yicha taqdimotlar qildilar, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov esa ishtirokchilarga sun’iy intellektni qo‘llash sohasida o‘z tajribasi va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universitetining o‘rni, jarayonlar samaradorligi va shaffofligini oshirish uchun davlat boshqaruviga ilg‘or texnologiyalarni integratsiyalash muhimligi alohida qayd etildi. TShIU rektori kelgusidagi rejalar, jumladan, Akademiya bilan birgalikda davlat xizmatchilari uchun sun’iy intellekt bo‘yicha treninglar yo‘lga qo‘yilishi haqida gapirdi.

Anjuman so‘ngida savol-javob bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, uchrashuv yakunida tomonlar ilgari muhokama qilingan barcha tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini imkon qadar tezroq amalga oshirishga kelishib oldilar.