Digital Leadership Forum

O‘zbekistondagi “Digital Leadership Forum” doirasida 2023-yil 7-iyul kuni “Kelajak-kasblari uchun IT-ta’lim: talabalarni kelajak texnologik ko‘nikmalariga mos ravishda ta’lim berish” mavzusidagi panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi, unda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori , Muzaffar Djalalov moderatorlik qildi.
Ma’ruzachilar xorijiy mamlakatlarda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha o‘z tajribalari hamda IT sohasidagi rejalar haqida so‘zlab berdilar.