2023-yil 7-iyul kuni O‘zbekistonda «Digital Leadership Forumi» boshlandi.
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan «Digital Leadership Forum»dan maqsad bugungi kunda mamlakatimizda turli sohalar rivojiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali texnologik taraqqiyotni yangi bosqichga ko‘tarish.
Anjumanda so‘zga chiqqanlar xorijiy mamlakatlarda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha o‘z tajribalari, bu boradagi istiqbolli loyihalar haqida gapirdi.
Forumda butun dunyodan 300 dan ortiq BPO va IT-autsorsing kompaniyalari, xalqaro tashkilotlar, tadbirkorlar va 20 dan ortiq ma’ruzachilar ishtirok etdi.
