Ezgulik qiling

2024 yil 25-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va xodimlari imkoniyati cheklangan bolalar uchun mo‘ljallangan 390-sonli «Oftobjon» bog‘chasiga tashrif buyurishdi. Xayriya tadbiri doirasida bolalarga haqiqiy bayram tuhfa qilish, quvonch va mehr ulashish uchun mablag‘ to‘plandi. Talabalar bolalar uchun ertak tomoshasi uyushtirib, Yangi yil sovg‘alarini taqdim etdilar 🎁
Har bir bola sog‘lom va mehr-muhabbatga to‘la bo‘lsin! Birgalikda yaxshilik qilamiz va ishonch baxsh etamiz💙