8-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «Google I/O Extended 2023» konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Google I/O Extended — Google tomonidan Android, Chrome, Chrome OS, Google API, Google Web Toolkit, App Engine va ochiq manba texnologiyalari va Google xizmatlarini rivojlantirishni muhokama qilish uchun oʻtkaziladi.
Google I/O Extended – 2015-yilda TshIU talabalari tomonidan tashkil etilgan va hozirda O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi eng yirik IT hamjamiyatlaridan biri bo‘lgan ‘GDG Tashkent’ nomi bilan tanilgan.
I/U Extended – dasturchilar uchun tashkil etilgan. «GDG Tashkent» bir qancha xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan tashkil etiladigan ochiq suhbatlar va sessiyalarga taklif qiladi, bunda har bir kishi mutaxassisga o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning axborot texnologiyalari va startap loyihalari sohasidagi yetakchi mutaxassislari anjumanda ishtirok etadilar.
Anjumanda ishtirok etish istagida boʻlgan dasturchilar tadbir veb-saytida roʻyxatdan oʻtishlari mumkin – //gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-google-io-extended-tashkent-23/
Sana: 2023 yil 8-iyul
Vaqt: 14:00
O’tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Inha universiteti