«Google I/O Extended 2023» TshIUda boʻlib oʻtdi!

8-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «Google I/O Extended 2023»  konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Google I/O Extended — Google tomonidan Android, Chrome, Chrome OS, Google API, Google Web Toolkit, App Engine va ochiq manba texnologiyalari va Google xizmatlarini rivojlantirishni muhokama qilish uchun  oʻtkaziladi.
I/O Extended – 2015-yildaTshIU talabalari tomonidan tashkil etilgan va hozirda O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi eng yirik IT hamjamiyatlaridan biri bo‘lgan «GDG Tashkent» nomi bilan tanilgan.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov tadbirni tantanali ochib berdi.
I/U Extended – dasturchilar uchun tashkil etilgan. Tadbirda bir qancha qator xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan  ochiq suhbatlar va sessiyalarga tashkil etildi, bunda har bir kishi mutaxassisga o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Ushbu konferensiyada O‘zbekistonning axborot texnologiyalari va startap loyihalari sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, bu yil konferensiyada rekord darajadagi 1500 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi👏🏼