2023-yil 14-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Business-woman.uz Ayollar tadbirkorlik maktabi asoschisi Nodira Vohidova hamda marketolog, tadbirkor va biznes murabbiy Intizora Egamberdiyevaning “Hayot va ishda samarali muloqot” mavzusida ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruza natijasida ishtirokchilar opponentning ehtiyojlari va uning muloqot o’tkazishdagi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda muloqotni o’rnatish, samarali muloqot qilish ko’nikmalarini rivojlantirish va hamkorlik pozitsiyasiga rioya qilishlari mumkin bo’lgan bilimlarga ega bo’ldilar.
