28-may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari TshIU rektori Muzaffar Djalalov boshchiligida Gyote Institutiga tashrif buyurishdi.
TshIU rektori Muzaffar Djalalov Gyote Instituti direktori Maren Nimeyer bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar IT yo‘nalishidagi hamkorlikning potentsial yo‘nalishlari, xususan, hakatonlar, sun’iy intellekt va GameDev yo’nalishlarida seminarlar o‘tkazishni muhokama qildilar.
Eslatib o’tamiz, 2021-yildan boshlab Toshkent shahridagi Inha universiteti va Gyote instituti til yo‘nalishida hamkorlik qilib kelmoqda.