Har qanday sohadan ITgacha: Inha qanday qilib universal mutaxassislarni tayyorlaydi

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Diana Nikonorova Logistika fakultetini tamomlagandan so‘ng kutilmaganda IT sohasiga kirib kelgani haqida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

 

“Mutaxassisligim boʻyicha ishlash butun oʻqishim davomida inkor etib boʻlmaydigan maqsadim edi. 2023-yilda Logistika fakultetining “Business Administration in Logistics ” yoʻnalishi boʻyicha tamomlaganimdan soʻng, xuddi 120 ga yaqin kursdoshlarim singari, men ham ish qidirayotgan edim.

Universitet menga juda yaxshi asos yaratdi. Avvalo, men chet tilida o’qitiladigan kurslar orqali ingliz tilida suhbatlashish ahamiyatini ta’kidlamoqchiman. Bundan tashqari, 3+1 dasturi orqali universitet meni qimmatli yumshoq ko’nikmalar (soft skills) va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishim uchun asosiy muhitga aylandi.

Kichik xodim va HR yordamchisi sifatidagi birinchi ish tajribam texnologiya sohasidagi xalqaro shartnomalarga yo’naltirilgan kompaniyada boshlangan.

Meni Korzinkaning axborot xavfsizligi bo’limiga suhbatga taklif qilishganida, bu men uchun kutilmagan yangilik bo’ldi. Men barcha bo’sh vaqtimni suhbatga tayyorgarlik ko’rishga bag’ishladim, u yerda Inhadagi IT va matematika bo’yicha olgan bilimlarim  juda as qotdi. Yarim qismi ingliz tilida olib borilgan suhbat davomida men yangi imkoniyatlardan foydalanishga tayyorligimni va tez o’rganish qobiliyatimni namoyish eta olishga muvaffaq bo’ldim.

Dastlabki oylar juda qiyin kechdi. Korzinkadagi IT jamoasi professionallardan iborat va ular orasida o’zini yo’qotib qo’ymaslik qiyin. Shuning uchun men ishdan so‘ng tavsiya etilgan adabiyotlarni o’qish uchun ko’p vaqt sarfladim. Ishda, o’rgatish jarayonida o’zimga o’rgatilgan narsalarni iloji boricha eslab qolishga harakat qildim.

Albatta, IT sohasidagi maoshdan tashqari, men uchun yangi istiqbolli sohada rivojlanish juda muhim omil edi. Texnologiya va axborot xavfsizligi sohasidagi bilimlar mening dunyoqarashlarimni nihoyatda kengaytirmoqda va o’sish uchun qiziqarli imkoniyatlarni ochmoqda va men bulardan kundalik hayotda foydalanib kelmoqdaman.

Shuni ta’kidlashim kerakki, amaliyotim tugagan bo’lsa-da va men hozirda to’liq huquqli jamoa a’zosi bo’lsam ham, Korzinka’dan men hali ham axborot xavfsizligi sohasida IT-loyihalarni boshqarishdagi rolimni va IT auditlari bilan bog’liq yangi bilimlarni o’rganishni davom ettirmoqdaman. Shuning uchun, IT sohasiga kirish uchun siz doimiy ravishda rivojlanishga tayyor bo’lishingiz talab qilinadi.

Xulosa qilib aytganda, barcha professor-o‘qituvchilarimga, xususan, universitetim rektori Muzaffar Djalalov va ilmiy rahbarim Aleksandr Zoringa menga IT-sohasida muvaffaqiyatga erishishim uchun ajoyib imkoniyat yaratib berganliklari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”.