



Magistrantlar Koreyaning yetakchi logistika kompaniyalaridan biri «Kyungdong Logistics»ga tashrif buyurib, zamonaviy logistika operatsiyalari va ta’minot tizimlarini boshqarish haqida ma’lumot olishdi. Shuningdek, Shimoli-Sharqiy Osiyoning eng yirik dengiz uzellaridan biri bo‘lgan «Incheon» porti o‘rganib chiqildi. Ushbu tashrif xalqaro savdo operatsiyalari va portlarni boshqarish tizimlari haqida yaxshi taassurot qoldirdi.
Ushbu ekskursiyalar talabalarimizga Toshkent shahridagi Inha universitetida olgan nazariy bilimlarini to‘ldirib, haqiqiy biznes operatsiyalarining amaliy imkoniyatlarini ochib berdi.
