4-iyul kuni Huawei EBG Yevrosiyo ekspertlari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurib, “aqlli” kampus konsepsiyasini taqdim etdilar.
Huawei EBG Yevrosiyo tizimi arxitektori Roman Svitich va Huawei EBG raqamli transformatsiya bo‘yicha direktori Aleksandr Krinitsin ta’lim jarayonlariga AKT yechimlarini joriy etish, sinflar va darsxonalarni smart qurilmalar bilan jihozlash, talabalar shaharchasi ichida situatsion markazni ishga tushirish nuqtai nazaridan universitetning raqamli transformatsiyasi imkoniyatlarini taqdim etdi, bundan tashqari binolar va ularga tutash hududlar xavfsizligini, shuningdek, energiyani boshqarish samaradorligini oshirish va yashil energiyani joriy etish nuqtai nazaridan yechimlar bilan tanishtirdi.
