Hurmatli talabalar!

Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati 2023-2024 o‘quv yili uchun barcha talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarganini ma’lum qiladi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti sifatli ta’lim va jahon standartlariga javob beradigan raqamli texnologiyalar sohasida respublikamiz rivojiga salmoqli hissa qo‘sha oladigan malakali kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasasidir.
Quyida 2023-2024 o‘quv yili uchun shartnoma summasi keltirilgan:
– Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti talabalari uchun to‘lov shartnomasi summasi 34 650 000 so‘m.
– Biznes va logistika fakulteti talabalari uchun to‘lov shartnomasi summasi 36 300 000 so‘m.
Mazkur o‘zgarishlar ta’lim sifatini yuqori darajada ushlab turish, jumladan, malakali xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb etish, o‘quv xonalarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash va malaka oshirish darslarini o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan zarur choradir.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, o‘quvchilar va ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida, 2024-yil 1-avgustga qadar eski va yangi shartnoma summasi o‘rtasidagi farqni to‘lash uchun muddat beriladi.