Hurmatli talabalar!

Toshkent shahridagi Inha universiteti 2025-2026 o‘quv yili uchun barcha talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarishini ma’lum qiladi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti sifatli ta’lim va jahon standartlariga javob beradigan raqamli texnologiyalar sohasida respublikamiz rivojiga salmoqli hissa qo‘sha oladigan malakali kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasasidir.

Quyida 2025-2026 o‘quv yili uchun shartnoma summasi keltirilgan:

– Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti talabalari uchun to‘lov shartnomasi summasi 40 400 000 so‘m.
– Biznes va logistika fakulteti talabalari uchun to‘lov shartnomasi summasi 42 300 000 so‘m.

Mazkur o‘zgarishlar ta’lim sifatini yuqori darajada ushlab turish, jumladan, malakali xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb etish, o‘quv xonalarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash va malaka oshirish darslarini o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan zarur choradir.