“ICTWEEK UZBEKISTAN 2022” haftaligi doirasida “IT-EDUCATION” forumi boʻlib oʻtdi.

2022-yil 25-oktabr kuni “ICTWEEK UZBEKISTAN 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “IT-ta’lim” (“IT-EDUCATION”) mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
Forumni O‘zbekiston Respublikasi AKT vaziri Sherzod Shermatov tabrik so‘zi bilan ochdi. Forumda Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, TATU, IT Park universiteti, PDP akademiyasi, USAID, EPAM, Estoniya elektron boshqaruv akademiyasi,  Janubiy Koreyadagi Kyongbuk texnoparki , TalentService, LEVERX Group, Mohir Dev, EAST-GAMES Whiteline Khan Academy Uzbek kabi yetakchi mahalliy va xorijiy IT-kompaniya va universitetlar rahbarlari va xodimlari ishtirok etdilar. Forum davomida ishtirokchilar IT-ta’lim sohasida jahon tajribasini joriy etish masalalarini muhokama qildilar, shuningdek, amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori MuzaffarDjalalov “Oliy ta’lim va IT-ta’lim integratsiyasi” mavzusidagi panel muhokamasiga moderatorlik qildi. Shuningdek, mazkur panel muhokamasi doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti prorektori, professor Subong Shin “Koreya Respublikasi misolida IT-ta’limni rivojlantirish tajribasi” mavzusida ma’ruza qildi.
Har bir panel muhokamasi yakunida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, ular davomida eng dolzarb mavzular muhokama qilindi.