ICTWEEK Uzbekistan 2023

2023-yil 24-oktabr kuni yilning asosiy tadbirlaridan biri – “ICTWEEK Uzbekistan 2023” – AKT haftaligi boshlandi.
Eslatib oʻtamiz, “ICTWeek Uzbekistan” AKT haftaligi 2023-yilning 24-27-oktabr kunlari CAEx (Central Asian Exhibition) “ICT Expo Uzbekistan” koʻrgazmalar markazida boʻlib oʻtadi.
Ma’lumki, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida axborot xavfsizligi va dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, AKTning imkoniyat va imtiyozlarni namoyish etish, amaliy natijalar va rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
ICTWEEK Uzbekistan 2022» haftaligida Toshkent shahridagi Inha universitetining xodimlari, ko’ngilli talabalari, shuningdek, universitet rahbariyatidan iborat jamoasi ham ishtirok etmoqda. Xususan, TShIU o’z stendini taqdim etadi, unda har bir kishi universitet haqidagi kerakli bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’lishi, shuningdek, o’qishga kirish bo’yicha maslahatlar olishi mumkin.