25 aprel kuni Incheon shahar meri o‘rinbosari, «Incheon Metropolitan City Office of Education» rahbari Seong Hong Du bilan uchrashuv o‘tkazdik.
Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti va Incheon shahar ta’lim boshqarmasi o‘rtasida turli yo‘nalishlarda loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, xususan, talabalar uchun kasbiy ta’lim dasturini yaratish, shuningdek, chet ellik talabalar uchun ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi va memorandum imzolandi.