Incheon shahar hokimiyat vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

6-Iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga Incheon shahar hokimiyatining xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Changjun Myung tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalalov o’z nutqida, universitetda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so’zlab berdi.
Tomonlar kelgusidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari va rejalarni muhokama qilib olishdi.