
▫️ Toshkent shahridagi Inha universitetida qabul imtihonlari eng yuqori darajadagi shaffoflik va adolat bilan o‘tkaziladi.
🔽 Har bir imtihon zalida videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, imtihon jarayonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. Bu ota-onalar va barcha manfaatdor tomonlarga real vaqt rejimida imtihonlarning borishini kuzatish, qabul jarayonida to‘liq shaffoflik va ishonchni ta’minlash imkonini beradi.
🔽 Janubiy Koreyadan kelgan professor-o‘qituvchilar imtihonlarda shaxsan qatnashib, imtihonlarning sifatli o‘tkazilishini nazorat qiladi.
🔽 Imtihon savollari Janubiy Koreyada tayyorlanadi va muhrlangan qutilarda yetkaziladi. Bu qutilar imtihon boshlanishidan oldin ochiladi, shu tarzda ma’lumotlarning tarqalishi ehtimoli butunlay bartaraf etiladi.
Shu kabi yondashuv barcha abituriyentlarga faqat ularning bilimi va qobiliyatlariga asoslanib, o‘qishga qabul qilinish uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.
Hammaga omad!🍀
