18-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida barqaror kelajak uchun raqamli yechimlarni rivojlantirishga qaratilgan eng yirik xakaton – INHA & IT Park CUP Hackathon 2025 boshlandi. Xakaton Davlat rahbari tashabbusi bilan AI, Data science, Cybersecurity kabi yo‘nalishlarda startap-loyihalar ishlanmalarini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.


Xakatonning asosiy maqsadi – innovatsion fikrlashni rag‘batlantirish, texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish va mamlakatning raqamli transformatsiyasiga haqiqiy hissa qo‘shadigan yechimlarni yaratishdan iborat.


INHA & IT Park CUP Hackathon 2025 nafaqat Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari, balki Turin politexnika universiteti, Yangi Oʻzbekiston universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari, shuningdek, boshqa oliy o‘quv yurtlari talabalari, iqtidorli o‘quvchilar va yosh dasturchilar to‘plangan maydonchaga aylandi. Eslatib o‘tamiz, xakaton 18-20 mart kunlari bo‘lib o‘tadi, uch kun mobaynida jamoalar g‘oyadan prototipgacha bo‘lgan jadallik bilan to‘la yo‘lni bosib o‘tadilar.

Ushbu xakaton shunchaki musobaqa emas, balki yosh mutaxassislar uchun o‘zlarini ko‘rsatish uchun, innovatsion mahsulot yaratish va raqamli O‘zbekistonning rivojlanishiga hissa qo‘shishn uchun imkoniyatidir.
