Bugun IT Park va Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan tashkil etilgan xakatonning ikkinchi kuni

Jamoalar sun’iy intellekt, ma’lumotlar fani va kiberhavfsizlik yo‘nalishlaridagi o‘z loyihalari ustida jadal ishlashni davom ettirmoqda.

Ishtirokchilar allaqachon jarayonning ichida – kod ishlab chiqilmoqda, g‘oyalar shakl olmoqda, yechimlarga esa aniq ko‘rinishga kirmoqda! Yakuniy bosqichlargacha sanoqli vaqt qoldi 🔥

Ertaga jamoalar o‘zlarining tugallangan g‘oya yoki loyihalarini hakamlar hay’atiga taqdim etishadi✨
