8-may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti ta’lim ma’muriyati “Inha summer school 2023” dasturida ishtirok etish uchun ariza bergan talabalar bilan suhbat uchrashuvlarini o‘tkazishni boshladi.
Qayd etish joizki, bu saralashning yakuniy bosqichi bo‘lib, natijalarga ko‘ra 10 nafar eng yaxshi o‘quvchi uch hafta davom etadigan Janubiy Koreyadagi “Inha summer school” dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Yozgi maktabda dunyoning turli davlatlaridan universitet talabalari ham qatnashadilar. Bu o‘zbekistonlik talabalarga yangi do’stlar orttirish, shuningdek, boshqa xalqlarning madaniyati va an’analarini o‘rganish imkonini beradi.
Talabalarimizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz🍀
