INHA universiteti gospitali (Koreya) va Toshkentdagi Inha universiteti teletibbiyot loyihasini ishga tushirmoqda!

Teletibbiyot zamonaviy yechimlar va IT texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib tibbiy xizmatlar ko’rsatishni o’z ichiga oladi. Masofaviy o’zaro aloqa tibbiyot xodimlariga nafaqat bemorlarni ofisdan tashqarida tekshirish va davolash, balki konsultatsiyalar o’tkazish imkonini beradi.
Inha universiteti gospitali (Koreya) Janubiy Koreyaning Incheon shahridagi yirik koʻp profilli shifoxonadir.
Konsultatsiyalar endokrinologiya, urologiya va otolaringologiya kabi sohalarda katta tajribaga ega bo’lgan birinchi darajali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
Murojaat uchun:
+998 77 701 70 01
Ziyolilar 9, Toshkent shahridagi Inha universiteti