INHA universiteti (Janubiy Koreya) delegatsiyasi Universitetga tashrif buyurdi.

16-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida TshIU rektori Muzaffar Djalolov va Xalqaro aloqalar bo‘limi dekani, professor Min Kyung Jin, o‘quv ishlari bo‘yicha sobiq vitse-prezident, professor Shin Subon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti va INHA universiteti (Janubiy Koreya) o‘rtasida talabalar almashinuvi (student exchange) dasturi, INHA universiteti qoshidagi yozgi maktab dasturi muhokama qilindi.

Shuningdek, 3+1 dasturi bo‘yicha SBL va koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangani sababli joyida o‘qitish qayta tiklanganidan so‘ng MBA bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qilishdi.