2023-yilning 8-may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov INHA loyiha guruhi direktori janob Kyung-Jin Min bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun “Turtlebot3” o‘quv robotlarini topshirish bo‘yicha kelishuv memorandumini imzoladilar.
Ushbu jarayon talabalar uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Talabalar zamonaviy texnologiyalardan amaliyot va o‘quv faoliyatida, jumladan, dasturlash kabi boshqa ko‘plab sohalarda amaliy mashg‘ulotlar va tadqiqotlar uchun foydalanishlari mumkin.
ushbu hamkorlik ta’lim sifatini oshirish va eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy dunyoga tez moslasha oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
