Inha universiteti rektori Bobur Abdullayev Buyuk Britaniya bakalavriat dasturlariga qabul qilingan abituriyentlar ota-onalari bilan uchrashdi

19-avgust kuni Inha universiteti rektori Bobur Abdullayev Buyuk Britaniya bakalavriat dasturlariga qabul qilingan abituriyentlar ota-onalari bilan uchrashdi. U akademik qo‘llab-quvvatlash, amaliyot, xalqaro almashinuv va karyera imkoniyatlari haqida so‘zlab, ochiq muloqot muhimligini ta’kidladi.