SOCIE fakultetining 4-bosqich talabasi – Mullojonov Aliyor ishtirok etgan jamoa O‘zbekiston, Qozog‘iston, Germaniya, Kipr va boshqa mamlakatlardan iqtidorli ishtirokchilarni birlashtirgan INNOVATIVE AI HACKATHON 2025 xalqaro xakatonida ikkinchi o‘rinni egalladi 🇺🇿🤖
Ishtirokchilar sun’iy intellektni dizayn tafakkurining barcha bosqichlarida – g‘oyadan prototipgacha qo‘llash orqali BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan innovatsion yechimlarni ishlab chiqdilar.
Talabamiz va uning jamoasi yuqori tayyorgarlik darajasini ko‘rsatib, o‘zlarini ajoyib tarzda namoyon etdilar va xalqaro hakamlar hay’atining e’tirofiga sazovor bo‘ldilar 👏
