20-sentyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Young&Yandex bilan hamkorlikda tashkil etilgan Dev Meetup bo‘lib o‘tdi.
400 dan ortiq yangi va 100 nafar tajribali IT-mutaxassislar universitetimiz maydonchasida amaliy ma’lumotlarni tinglash, panel muhokamasida ishtirok etish va Vibe Coding‘da o‘z kuchlarini sinab ko‘rish uchun yig‘ilishdi.
Inha talabalari uchun bu tadbir o‘ziga xos bo‘ldi – aynan shu yerda O‘zbekistonning asosiy oliy o‘quv yurtlarida o‘tkaziladigan va backend, ma’lumotlar bazalari, algoritmlar, Flutter, ML va AI bo‘yicha ma’ruzalar, amaliyotlar va seminarlarni birlashtiradigan Dev Camp ta’lim dasturi boshlandi.
🔥 Dev Campning eng yaxshi ishtirokchilari Yandex Uzbekistan’da amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Biz Inha universitetining yangi ta’lim tashabbuslari boshlanadigan va mamlakat IT hamjamiyatining kelajagi uchun imkoniyatlar ochiladigan maydonga aylanib borayotganidan faxrlanamiz.
