Inha universitetida iliqlik, quvonch va bahoriy kayfiyat!🌸

7-mart kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida o‘zgacha muhit — hurmatli hamkasblarimiz barcha ayol xodimlarni yaqinlashib kelayotgan Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklashdi. Chin yurakdan aytilgan so‘zlar, ezgu tilaklar, tabassum va albatta, gullar hamda sovg‘alar bu kunni haqiqiy bayramga aylantirdi💐

Universitetimizda ta’lim va texnologiyalar rivojiga bebaho hissa qo‘shayotgan iste’dodli, kuchli va ilhomlantiruvchi ayollar faoliyat yuritayotganidan biz faxrlanamiz!

Barcha go‘zal ayollarga baxt, farovonlik va barcha orzu-umidlarining ro‘yobga chiqishini tilab qolamiz!