🔹13-fevral kuni Janubiy Koreyaning INHA universitetida «Biznes logistika» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va «Raqamli transformatsiya sohasida MBA» magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil avgust oyida magistratura va bakalavriat talabalari INHA universiteti (Janubiy Koreya) dasturi bo‘yicha o‘qishni davom ettirish uchun Koreyaga ketgan edi. Magistratura talabalari 1+1 dasturida, «Biznes logistika» bakalavriat talabalari 3+1 dasturida tahsil olgan. Barcha talabalar butun o‘qish davrida yorqin natijalarni ko‘rsatdilar, biz bundan juda faxrlanamiz💙
Bitiruv bilan tabriklaymiz!