Toshkent shahridagi Inha universitetida kuzgi JobFest 2023 bo’lib o’tdi. JobFest har yili o’tkaziladigan bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi bo’lib, uning asosiy maqsadi Oʻzbekiston va xorijdagi barcha yetakchi tashkilotlarni, shuningdek, universitet bitiruvchilari va talabalarini bir joyda toʻplashdan iborat. Bu yil yarmarka ikkinchi marta o’tkazilmoqda.
Tadbirda Fido Biznes, Huawei, Uzauto motors, Enter engineering, Hamkorbank, Deloitte, Click, Beeline, IT-park, Cyber park va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Yarmarkada 300 dan ortiq talabalar va O‘zbekistonning 15 dan ortiq yirik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
