Intellektual olimpiada

17-20 dekabr kunlari oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida qiziqarli intellektual olimpiada bo‘lib o‘tdi va unda “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Erudit-kvartet”, “Shaxsiy o‘yin”, shuningdek, shaxmat va shashka bo‘yicha qiziqarli bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
 Muhammad Ali Valixonov – Intellektual olimpiada Shaxsiy o‘yin yo‘nalishi g‘olibi! 🥇Uning ajoyib bilimi va mantiqiy fikrlashi barcha ishtirokchilar uchun yorqin namuna bo’ldi!
♟🥈Bundan tashqari, intellektual shaxmat olimpiadasida Arjin Mukumov yuksak mahorat va strategik fikrlash qobiliyatini namoyon etib, respublika bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi!
G‘oliblarimizni tabriklaymiz va barcha ishtirokchilarga sa’y-harakatlari va intellektual yutuqlari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Bu g‘alabalar mashaqqatli mehnat va yuksaklikka intilish natijasidir! Biz siz bilan faxrlanamiz va sizni yangi yorqin g’alabalar va yutuqlar kutayotganiga aminmiz! 🚀