International Cooperation Initiatives Week

Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston xalqaro biznesning yangi markazi sifatida: xorijiy kompaniyalar uchun imkoniyatlar” tadbir boshlandi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqdi.
Panel muhokamasida oliy martabali mehmonlar ham faol ishtirok etdilar:
🔺 Serbiya Respublikasining sobiq Prezidenti, hozir esa “Unitel” direktorlar kengashi a’zosi va “Veon” kompaniyasi bosh direktori maslahatchisi Boris Tadich “O‘zbekiston mintaqaviy IT-Hub’ ga aylanmoqda” mavzusida so‘zga chiqdi.
🔺Latviya Respublikasining sobiq Prezidenti Raymond Veyonis “O‘zbekiston xalqaro biznes uchun yangi markaz: xorijiy kompaniyalari uchun imkoniyatlar” panel sessiyasida O‘zbekistonning IT-markaz sifatida rivojlanishi haqidagi o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
🔺Xalqaro elektraloqa ittifoqining sobiq bosh kotibi Hamadoun Ture “Raqamli O‘zbekiston uchun telekommunikatsiyaning ahamiyati” to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
🔺NEC korporatsiyasining sobiq vitse-prezidenti Akihiro Sakurai ekotizim va IT-industriyasi haqida ma’ruza qildi.
🔺Shon MakEllin, “IDA Ireland” kompaniyasining Yaqin Sharq bo‘yicha mintaqaviy direktori Oʻzbekiston taraqqiyoti haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
🔺Mamlakatni raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov “E-SAYLOV” loyihasini taqdim etdi.