O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan yoshlar uchrashuvida Inha universiteti bitiruvchisi Jahongirmirzo Ibrohimov o‘z muvaffaqiyati haqida so‘zlab berdi. Uning 700 mingdan ortiq obunachilari bo‘lgan YouTube kanali butun dunyodan tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilmoqda.
Kanal muhandislik, ilmiy tajribalar va ta’lim mazmuniga bag‘ishlangan bo‘lib, IT va texnologiya sohasidagi yosh mutaxassislarning naqadar iqtidorli ekanligini namoyish etadi.
Prezident bitiruvchining hikoyasini qiziqish bilan qabul qilib, yoshlarga o‘rnak ekanini ta’kidladi va unga yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Bu hikoya shuni ko‘rsatadiki, bilim, mehnat va ijodkorlik orqali nafaqat dunyoga mashhur bo‘lish, balki mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shish mumkin!
