IUT da tayyorlov kurslari talabalari uchun «Orientation Day» bo‘lib o‘tdi

2025-yil 22-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari talabalari uchun maslahat kuni o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahridagi Inha universitetining Talabalarni jalb qilish va ma’muriy ishlar bo‘yicha prorektori – Furqat Muxiddinov hamda universitet talabalari va xodimlari tabriklash nutqi bilan chiqishdi.

Shuni ta’kidlash joizki, tanishuv kuni davomida IUT ga muddatidan oldin o‘qishga kirgan va 11-sinfni tugatgandan so‘ng o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lgan 10-sinf o‘quvchilariga sertifikat topshirish marosimi ham o‘tkazildi.

Uzluksiz ta’lim markazimizning 2024-2025 o‘quv yili statistikasini e’tiboringizga havola etamiz:
– 216 nafar talaba tayyorlov kurslarini muvaffaqiyatli yakunladi
– Ularning 96 foizi IUT va boshqa oliy o‘quv yurtlariga muvaffaqiyatli qabul qilindi
– 10-sinfning 26 nafar o‘quvchisi maktabni tugatgandan so‘ng IUT da tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Toshkent shahridagi Inha universitetining Uzluksiz ta’lim markazida tayyorlov kurslari (Pre-University) matematika, fizika va ingliz tili kabi fanlar bo‘yicha darslarni o‘z ichiga oladi.

Tayyorlov kurslariga qabul avgust oyining oxirigacha davom etadi. Batafsil ma’lumot +998 71 289 99 95 telefon raqami yoki telegram orqali //t.me/cecadmin