Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Dr. Lee Dong Won va ilmiy ishlar va tashqi aloqalar bo‘yicha prorektori Dr. Soobong Shin boshchiligidagi Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari O’zbekiston Respublikasi viloyatlari yoshlari uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti haqida taqdimot o’tkazdilar.
TShIU vakillari Xorazm, Buxoro, Namangan va Toshkent viloyatlarida taqdimotlar o’tkazdilar. Maktab va kollejlar bitiruvchilar bilan uchrashuvlarda Toshkent shahridagi Inha universitet vakillari tomonidan universitetda abituriyentlar qabul jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, akademik jarayonlar haqida maʼlumotlar berishdi. Tadbir soʻngida, o’quvchilar qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
