IUT talabalari “Green Tech Hackathon”da g‘olib bo‘ldi

➡️11–13 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Green Tech Hackathon” musobaqasida Fattoyev Azizbek va Azizbek Davlatmirzayev birinchi o’rinni egallashdi 🥇
Tanlovda jamoalarga ekologiya bilan bog‘liq muammolarga amaliy yechimlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Universitet jamoasi innovatsion yondashuv, aniq natijalar va taqdimot sifati bilan ajralib turdi. Birinchi o’rinni qo’lga kiritgan talabalarimiz Germaniyada malaka oshirish imkoniyatini qo’lga kiritishdi.