INHA universitetidagi talabalar almashinuv dasturi xalqaro talabalar uchun Koreyaning o‘ziga xos madaniyati bilan tanishib, koreys tilini o‘rganish va yangi do‘stlar orttirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Kompyuter va dasturiy muhandislik fakulteti talabalari Komilxudja Pulatov va Maftuna Xalimjonova butun bir semestr davomida INHA universitetida (Janubiy Koreya) tahsil olishadi 🤩
Ahamiyatli tomoni shundaki, Komilxuja Pulatov nufuzli Global Korea stipendiyasini yutib oldi va INHA universitetidagi talabalar almashinuv dasturida mutlaqo bepul ishtirok etadi.
