Jahon banki vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

8-oktabr kuni Jahon banki vakillari Raqamli rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassis Sandra Sargent  boshchiligidagi “Digital Inclusion” loyihasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov mehmonlarni universitet faoliyati, ta’lim olish imkoniyatlari, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek,  raqamli savodxonlikni oshirish va texnologiya sohasida talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslari bilan tanishtirdi.
Uchrashuv davomida har ikki tomon raqamli rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash va axborot texnologiyalari sohasida ta’limni takomillashtirishning potensial vositalari haqida fikr almashdilar.