13-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Tashkent 2 King Sejong instituti koreys tili markazida Janubiy Koreyadan kelgan talabalar ishtirokida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda koreys tilini yaxshi biladigan barcha qiziquvchi talabalar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar uchun pazandachilik bo‘yicha mahorat darsi, o‘zbek va koreys madaniyati bilan tanishish, k-pop va k-drama to‘garaklari, qo‘shiq aytish bo‘yicha mahorat darsi, koreys tilida muloqot qilish amaliyoti va boshqa ko‘plab to‘garaklar tashkil etildi.
O‘zbekistonlik va Janubiy koreyalik talabalar o‘rtasidagi ushbu madaniy almashinuv muloqot ko‘nikmalarini oshirish va koreys tilini mashq qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.